Maktab Haqida
Maktab tarixi, maqsadi, qadriyatlari va rivojlanish yo‘nalishlari.
Maktab tarixi
Bu bo‘limga direktorning so‘zi, maktab maqsadi, o‘qitish sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham yozishingiz mumkin.
Maktab 1936-yilda hozirgi Uyrot qishlog’ida boshlang’ich maktab sifatida tashkil etilgan bo’lib, Andrey Andreyevich Andreyev deb nom berilgan.Unda Safarov Narzi direktorlik qilgan. Nomi maktabga berilgan Andrey Andreyevich Andreyev sovet hukumati davrida yer o’lchash ishlari bo’yicha ministr lavozimida ishlagan. 1964-yilda maktab yangi qurilgan binoga ko’chib faoliyatini davom ettirgan.968-yildan boshlab maktab 8-yillik bo’lgan.Unda Istamov Juma keyinchalik Hamroyev Homid direktorlik qilgan. 1978-yilda esa maktabning hozirgi binosi qurilgan bo’lib,u 825 o’ringa mo’ljallangan hamda umumiy o’rta ta’lim maktabi maqomini olgan.Maktab direktori Kamolov Rahmatillo bo’lgan.O’sha paytda maktabga 10 dan ziyod qishloqlar-Xo’ja yakshaba,Shexlar,Naymancha,O’rtakent,Boqmirzo kabi (hozirda tumandagi 3-maktabga biriktirilgan )dan kelib o’quvchilar tahsil olishgan.Xuddi shu yildan boshlab maktabning moddiy-texnik bazasi va imkoniyatlari kengaytirilgan.1985-yildan boshlab 1989-yilgacha maktabga Ochilov Shodi direktorlik qilgan. 1985-89-yillarda maktab direktori –asli kimyo fani o’qituvchisi Ochilov Shodi tashabbusi bilan maktabda o’sha vaqtdagi S.Orjonikidze nomidagi Buxoro Davlat Pedagogika Instituti bilan hamkorlikda ilmiy hamkorlik ishlari tashkil etilgan.Unda institutning tabiiy (kimyo va biologiya) fakulteti talabari pedagogik amaliyotni o’tashgan. Shu yillarda ayniqsa jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Husenov Kamol o’quvchilar o’rtasida o’tkaziladigan “Quvnoq startlar” sport musobaqasining Respublika bosqichi faol ishtirok etgan,o’yinlar televideniyeda namoyish etilgan.Sportning basketbol turi bo’yicha ketma-ket 4 yil maktab o’quvchilari jamoasi Buxoro viloyati sharafini Respublika bosqichida himoya qilgan,bu musobaqaga o’quvchilarni jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari Sa’dullayev Qahramon va Hakimov Shuhratlarlar tayyorlashgan. 1986-yilda bo’lgan kuchli zilzila oqibatida maktab binosi devorlari darz ketganligi bois o’sha yilda bino devorlari po’latdan yasalgan konstruksiyalar bilan qoplangan. 1989-1993-yillarda maktabga Yodgorov Shuhrat,1994-1998-yillarda Egamberdiyev Murod,1999-2001-yillarda Bo’ronov Usmon,2001-2005-yillarda Qahhorov To’ymurod va 2010-2021-yillarda Hamroyev Axtam direktorlik qilgan. 1989-yilda maktab nomi “22-sonli maktab”,1996-yilda esa “10-sonli maktab”deb nomlangan. Maktabda bir qancha fidoiy,ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yetuk o’qituvchilar faoliyat ko’rsatishgan .Bular qatoriga Istamov Juma,Istamov Umar,Ochilov Shodi,Muxtorova Habiba,Xudoyberdiyev Rasul,Karimov Xoliq,Bahronov Narzi,Hamroyev Islom,Ro’ziyeva Nazira,O’sarov K,Fayziyev Shamsiddin,Tursunova Maqsad,Fayziyeva Sanam,Hakimov Karim,Sharipova Shabon,Xudoyberdiyev Ashur,Haydarov Bahrom,Raxmonov Sulaymon,Inoyatova Mo’mina,Murodova Nurzoda ,Husenov Kamol,Muhammadiyeva Rahima,Aminova Zamira ,Skorova Antonina,Kostrikina Valentina,Jurkina Alla,Avliyoqulova Zumrad va hokazolardir. 1995-yilda boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xolova Muhiba “Xalq o’qituvchisi” unvoni hamda biologiya fani o’qituvchisi Tursunova Maqsad “ Shuhrat”medali bilan taqdirlanganlar.Xalq ta’limi tizimida ishlagan bir qancha o’qituvchilar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlanganlar. Hozirgi kunda maktab bitiruvchilari xalq xo’jaligining turli sohalarida mas’uliyatli lavozimlarda ishlab kelmoqdalar. Maktab tarixini tarix fani o’qituvchisi Narziyeva Gulgina sobiq maktab direktori Bo’ronov Usmon guvohligida yozdi.